Nusxa — Talabalarda emotsional empatiya, tasavvur va ijodkorlikni o‘z-o‘zini baholash

Hurmatli ishtirokchi, Sizning oldingizda «Talabalarda emotsional empatiya, tasavvur va ijodkorlikni o‘z-o‘zini baholash» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma turibdi.

So‘rovnoma anonim bo‘lib, talabalar uchun mo‘ljallangan. To‘plangan ma’lumotlardan faqat magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash uchun foydalaniladi. Iltimos, biroz vaqtingizni ajratib, so‘rovnomani to‘ldiring. Oldindan rahmat!

Ijodkorlikni o‘z-o‘zini baholash: Taxminan Siz bilan bir xil yosh va hayotiy tajribaga ega boshqa odamlar bilan taqqoslaganda, quyida sanab o‘tilgan faoliyatlarning har birida qanchalik ijodkor ekaningizni baholang. Hech qachon shug‘ullanmagan faoliyatlaringiz bo‘yicha esa, ishtirok etgan o‘xshash faoliyatlaringizga asoslanib, ijodkorligingizni baholang.

1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlardan birini tanlang: 1 — ancha kam ijodkor; 2 — kamroq ijodkor; 3 — na kamroq, na ko‘proq ijodkor; 4 — ijodkorroq; 5 — ancha ijodkor.

Emotsional empatiya va tasavvur: Fikrlarni diqqat bilan o‘qing va ko‘rsatmalarga muvofiq javob bering. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblar yo‘q. Javob ustida uzoq o‘ylamang — birinchi javobingiz eng ma’quli. 0 dan 4 gacha bo‘lgan sonlardan birini tanlang: 0 — menga umuman taalluqli emas; 1 — asosan menga taalluqli emas; 2 — menga ham taalluqli, ham taalluqli emas; 3 — asosan menga taalluqli; 4 — menga to‘liq taalluqli.

Natijalar hammaga ochiq
Taxminiy javob berish vaqti

Yoshingiz nechada?

Jinsingiz?

Nechanchi kursda o‘qiysiz?

Hozirgacha o‘qish davomidagi o‘rtacha bahoyingiz:

Pulingiz bo‘lmaganida ham shug‘ullanish mumkin bo‘lgan qiziqarli mashg‘ulot topish

Odamlarga qiyin vaziyatlarni yengib o‘tishda yordam berish

Birovga biror ishni qanday bajarishni o‘rgatish

Ish va shaxsiy hayot o‘rtasida to‘g‘ri muvozanat topish

O‘zingizni baxtli qilish yo‘llarini topish

Shaxsiy muammolarni samarali hal qilish

Boshqa odamlarga yordam berishning yangi usullarini o‘ylab topish

Muammoni hal qilishning eng yaxshi usulini tanlash

Do‘stlaringiz bilan sayohat yoki tadbirni ularning har birining ehtiyojini hisobga olgan holda rejalashtirish

Ikki do‘st o‘rtasidagi bahs yoki janjalni bartaraf etishga ko‘maklashish

Odamlarni xotirjam va bo‘shashgan his qilishlariga yordam berish

Gazeta yoki jurnallar uchun hujjatli maqolalar yozish

Gazeta tahririyatiga xatlar yozish

Osonlikcha topilmasligi mumkin bo‘lgan turli manbalar va ma’lumotlardan foydalanib, muammoni o‘rganish

Bahsli masala yuzasidan muhokamada qatnashish va shaxsiy nuqtayi nazaringizni himoya qilish

Muayyan vaziyatga mos keladigan turli muammolarga yechim topish

Muayyan nuqtayi nazarni eng yaxshi qo‘llab-quvvatlaydigan maqola va ma’lumotlarni to‘plash

Shaxsan qo‘shilmaydigan bahsda har ikki tomonning dalillarini qo‘llab-quvvatlash

Biror kitobda yoritilgan mavzularni tahlil qilish

Birovning ishini baholashda tanqid va takliflarni birlashtirishning eng yaxshi usulini topish

Maqolani o‘qib bo‘lgach, unga munosib baho berish

Eski bahs haqida yangicha fikr yuritish

She’r yozish

Diniy qo‘shiq matnini o‘ylab topish

Qofiyalar o‘ylab topish (so‘zlarni qofiyalash)

Yangi musiqiy kuy o‘ylab topish

Biror musiqa asbobini chalishni o‘rganish

YouTube’ga joylash uchun qiziqarli video suratga olish

Boshqa xonandalarning ovozlariga moslashib, ko‘p ovozli qo‘shiq kuylash

Pop qo‘shiqlarini kuylayotganda o‘z-o‘zidan she’r satrlarini o‘ylab topish

Musiqiy asarni tomoshabinlar oldida ijro etish

Teatr spektaklida rol ijro etish

Yog‘och yoki shunga o‘xshash materialdan biror narsa o‘ymakorlik qilish

Kompyuter qotib qolganida yoki to‘g‘ri ishlamay qolganida muammoni hal qilish yo‘llarini o‘ylab topish

Kompyuter dasturini dasturlash

Matematik masalalarni yechish

Mexanik qurilmalarni qismlarga ajratib, qanday ishlashini tushunish

Mexanik qurilma yasash

Ilmiy tajribani rejalashtirish yoki o‘tkazishda yordam berish

Algebraik yoki geometrik isbotlarni bajarish

Metall, tosh yoki shunga o‘xshash materiallardan biror narsa yasash

Hech qachon ko‘rmagan, xayoliy narsaning rasmini chizish

Biror odam yoki buyumning eskizini chizish

Turli geometrik naqshlarni erkin chizish yoki qoralama qilish

Fotosuratlardan fotoalbom sahifalarini tayyorlash

G‘ayrioddiy rakurslardan qiziqarli suratlar olish

Loydan haykalchalar yoki idishlar yasash

San’at asarining go‘zalligini baholash

Biror san’at asarini o‘z nuqtayi nazaringizdan talqin qilish

San’at muzeyiga tashrif buyurishdan zavqlanish

Yordamga muhtoj odamlarni ko‘rsam, xafa bo‘laman.

Birovga tanbeh berishdan oldin, meni tanqid qilishsa, o‘zimni qanday his qilishimni o‘ylab ko‘raman.

Boshqa odamlarning tashvishlari kayfiyatimni juda tushiradi.

Film ko‘rayotganimda, o‘zimni filmdagi qahramonlardan biri deb tasavvur qilaman.

Do‘stlarimni yaxshiroq tushunish uchun ularning vaziyatida bo‘lsam, nima qilishimni tasavvur etishga harakat qilaman.

Film mazmunini chuqur his qilaman.

Do‘stlarimdan biri xafa bo‘lganini ko‘rsam, bu menga ham ta’sir qiladi.

Kimdir meni jahlimni chiqarganda, uning menga shunday munosabatda bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini o‘ylashga harakat qilaman.

Boshqalarning yig‘layotganini ko‘rsam, bezovta bo‘laman.

Qiziqarli hikoya yoki roman o‘qiyotganimda, bularning hammasi mening boshimga tushsa, o‘zimni qanday his qilishimni tasavvur qilaman.

Do‘stim menga muammolari haqida gapirganda, uni to‘liq tushunishga harakat qilaman.

Ba’zi vaziyatlar yoki odamlar ko‘pincha qalbimga ta’sir qiladi.

Ba’zan biror film yoki hikoya menga shunchalik yoqadiki, u haqida uzoq vaqt o‘ylab yuraman.

Juda tortinchoq odamlar yangi davraga tushib qolsa, ularga achinaman.

Roman qahramonlarining his-tuyg‘ulariga butunlay berilib ketaman.

Birovga yomon munosabatda bo‘lishayotganini ko‘rsam, juda jahlim chiqadi.

Atrofimdagilar quvnoq bo‘lsa, men ham xursand bo‘laman.

Birovning boshiga kutilmaganda yomon ish tushsa, o‘zimni noqulay va qo‘rqinchli his qilaman.

Yaxshi film ko‘rayotganimda, shu qadar berilib ketamanki, atrofimdagi hech narsani ko‘rmayman ham, eshitmayman ham.

Agar birovni beixtiyor ranjitib qo‘ysam, uning o‘rnida bo‘lganimda o‘zimni qanday his qilishimni tasavvur etishga harakat qilaman.

Mendan kamroq baxtiyor odamlarning taqdiri haqida tez-tez qayg‘uraman.

Birovni aldamoqchi yoki laqillatmoqchi bo‘lishayotganini ko‘rsam, uni himoya qilgim keladi.

Ba’zan qo‘shiq so‘zlari meni chuqur ta’sirlantirishi mumkin.

Birovga yomon xabarni aytishim kerak bo‘lsa, o‘zimni juda yomon his qilaman.

Meni ko‘ngli yumshoq odam deb aytish mumkin.