Hurmatli ishtirokchi, Sizning oldingizda «Talabalarda emotsional empatiya, tasavvur va ijodkorlikni o‘z-o‘zini baholash» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma turibdi.
So‘rovnoma anonim bo‘lib, talabalar uchun mo‘ljallangan. To‘plangan ma’lumotlardan faqat magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash uchun foydalaniladi. Iltimos, biroz vaqtingizni ajratib, so‘rovnomani to‘ldiring. Oldindan rahmat!
Ijodkorlikni o‘z-o‘zini baholash: Taxminan Siz bilan bir xil yosh va hayotiy tajribaga ega boshqa odamlar bilan taqqoslaganda, quyida sanab o‘tilgan faoliyatlarning har birida qanchalik ijodkor ekaningizni baholang. Hech qachon shug‘ullanmagan faoliyatlaringiz bo‘yicha esa, ishtirok etgan o‘xshash faoliyatlaringizga asoslanib, ijodkorligingizni baholang.
1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlardan birini tanlang: 1 — ancha kam ijodkor; 2 — kamroq ijodkor; 3 — na kamroq, na ko‘proq ijodkor; 4 — ijodkorroq; 5 — ancha ijodkor.
Emotsional empatiya va tasavvur: Fikrlarni diqqat bilan o‘qing va ko‘rsatmalarga muvofiq javob bering. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblar yo‘q. Javob ustida uzoq o‘ylamang — birinchi javobingiz eng ma’quli. 0 dan 4 gacha bo‘lgan sonlardan birini tanlang: 0 — menga umuman taalluqli emas; 1 — asosan menga taalluqli emas; 2 — menga ham taalluqli, ham taalluqli emas; 3 — asosan menga taalluqli; 4 — menga to‘liq taalluqli.