Hurmatli respondent,
Men kiyim texnologiyasi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabaman va petite (past bo‘yli) qomatli ayollarning ehtiyojlari hamda ofis kiyimlarini tanlashda duch keladigan muammolarini aniqlash maqsadida tadqiqot olib bormoqdaman.
So‘rovnomaning maqsadi — petite qomatli ayollar ish kiyimlarini izlashda qanday qiyinchiliklarga duch kelishini, kiyimning konstruktiv va estetik jihatlaridan qaysilarini muhim deb bilishini hamda aynan petite qomatga moslangan ofis kiyimlari kolleksiyasidan qanday umidlari borligini aniqlash.
So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat bitiruv ishi tadqiqoti maqsadlarida foydalaniladi. So‘rovnomani to‘ldirish taxminan 10 daqiqa vaqt oladi.
Ushbu tadqiqotda petite qomat ayolning bo‘yi 163 sm gacha bo‘lishi deb belgilanadi.
Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat!